Gadjetlar

Xiaomi 17 Ultra savdosi iPhone 17 Pro Max bilan solishtirganda ancha past chiqdi

Ushbu model sotuvga chiqqanidan beri atigi 207 ming dona atrofida sotilgan
Xiaomi 17 Ultra va yangi qurilmalarini Barselonada namoyish qiladi
Foto: Xiaomi

Xitoy bozorida Xiaomi’ning eng ilg‘or modeli Xiaomi 17 Ultra savdosi kutilgan darajaga chiqmagan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu model sotuvga chiqqanidan beri atigi 207 ming dona atrofida sotilgan.

Shu bilan birga, Xiaomi 17 seriyasining umumiy savdosi 18-haftaga kelib qariyb 4,7 million qurilmaga yetgani aytilmoqda. Ilk kunlardayoq butun seriya 1 milliondan ortiq sotuvga erishgani ham xabar qilingan edi.

Biroq kompaniya Xiaomi 17 seriyasini Apple’ning iPhone 17 liniyasiga raqobatchi sifatida taqdim etgan bo‘lsa-da, amalda farq juda katta. Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda iPhone 17 seriyasi 24 millionga yaqin sotilgan, uning eng ommabop modeli esa iPhone 17 Pro Max bo‘lib, u 10 milliondan ortiq faollashtirilgan qurilma ko‘rsatkichiga 150 kun ichida erishgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xiaomi 17 Ultra Leica Edition yangi rangda taqdim etilgani haqida yozgandi.