Sport

«Barselona» «El-klasiko»da g‘alaba qozonib, chempionlikni nishonladi

Kataloniyaliklar mavsum yakuniga uch tur qolganda Ispaniya chempionligini kafolatladi
Foto: fcbarcelona.com

«Barselona» o‘z maydonida «Real Madrid» ustidan ishonchli g‘alaba qozonib, ketma-ket ikkinchi yil Ispaniya chempioni nomiga sazovor bo‘ldi.

Foto: fcbarcelona.com
Барселона VS Реал Мадрид - Обзор

Uchrashuvda mezbonlar safida Markus Reshford va Ferran Torres tomonidan urilgan gollar o‘yin taqdirini hal qildi. Reshford jarima zarbasidan ajoyib gol kiritgan bo‘lsa, Torres Dani Olmoning aqlli uzatmasini golga aylantirdi.

Foto: fcbarcelona.com

Ushbu natijadan keyin «Barselona» o‘zining g‘alabali seriyasini o‘n bittaga yetkazib olib, eng yaqin ta’qibchisidan 14 ochkoga o‘zib ketdi. Reshford bu mavsumda barcha musobaqalarda jami 47 uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol va 14 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Foto: fcbarcelona.com

«Real Madrid» o‘yin davomida bor-yo‘g‘i bir marta darvoza tomon aniq zarba yo‘llandi. «El-klasiko» tarixidagi raqobat endi 264-uchrashuvdan so‘ng tenglashdi. Ikkala jamoada ham 106 tadan g‘alaba bor.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Real Madrid» mashg‘ulotlaridagi janjal yuzaga kelgani haqida xabar bergan edi.