Yangiliklar

Toshkentda qutqaruvchilar baliqchini daryodan olib chiqdi

Kuchli yomg‘ir oqibatida Chirchiq daryosida suv sathi keskin ko‘tarilgani sababli bir fuqaro qutqarib qolindi
Foto: FFV

11-mayga o‘tar kechasi Yangihayot tumani hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosiga baliq ovlashga borgan fuqaro daryo o‘rtasidagi orolchada qolib ketgan va qutqaruvchilar yordamida olib chiqilgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Kuchli yomg‘ir tufayli daryoda suv sathi birdan ko‘tarilib ketgan. Natijada xavfsiz hududga mustaqil qaytish baliqchi uchun xavfli bo‘lib qolgan. U darhol yordam so‘rab Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasining navbatchilik qismiga murojaat qilgan.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/05/video_2026-05-11_11-13-33.mp4

Qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga yetib borishgan. Ular maxsus anjomlar yordamida qolib ketgan fuqaroni xavfsiz joyga olib chiqishga muvaffaq bo‘lishdi. Fuqaroning hayoti saqlab qolingan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan favqulodda vaziyatlar sohasida volontyorlarni rag‘batlantirish tartibi belgilangani haqida xabar bergan edi.