
13-may uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi yana 3,71 so‘mga oshib, 12 145,65 so‘mni tashkil qildi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
Dollar 5-mayda 40,8 so‘mga oshib, 11 993,53 so‘mni, 6-may kuni 43,68 so‘mga oshib, 12 037,21 so‘mni, 7-may kuni 37,07 so‘mga oshib, 12 074,28 so‘mni va 8-may kuni yana 40,69 so‘mga oshib, 12 114,97 so‘mni tashkil qildi. Bundan tashqari, 12-may kuni dollar kursi yana 26,97 so‘mga oshib, 12 141,94 so‘mga yetdi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 21,14 so‘mga tushib, 14 268,71 so‘mni, rubl esa 1,7 so‘mga oshib, 164,33 so‘mni tashkil etdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan dollar hafta davomida 162 so‘mga oshgani haqida yozgandi.