
Paxta va bug‘doy yetishtiruvchi xo‘jaliklarni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha mexanizmlari joriy qilinadi. Bu haqda prezident farmonida keltirib o‘tildi.
Hujjatga ko‘ra, 2026-yil hosilidan boshlab Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrar sohada to‘lovlar agentligi tomonidan fermer va klasterlarning ayrim kredit xarajatlari qisman qoplab beradi.
Yangi tartib bo‘yicha paxta yetishtirish uchun olingan imtiyozli kreditlarni belgilangan muddatda qaytargan xo‘jaliklarga foiz to‘lovining 2,5 foizlik punkti kompensatsiya qilinadi. Agar kredit hosil yilining oxirigacha – 31-dekabrga qadar yopilsa, kompensatsiya miqdori 5 foizlik punktgacha oshiriladi.
Bug‘doy yetishtirish xarajatlari uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni 1-avgustgacha to‘liq qaytargan xo‘jaliklarga esa foiz to‘lovining 4 foizlik punkti qoplab beriladi.
Farmonda paxta-to‘qimachilik klasterlari uchun ham alohida yengilliklar ko‘zda tutilgan. Xususan, paxta xomashyosini xarid qilish uchun olingan tijorat kreditlari bo‘yicha foizlarning 8 foizdan yuqori, ammo 16 foizdan oshmagan qismi davlat tomonidan kompensatsiya qilinadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan birja orqali dizel xarid qilgan fermerlarga subsidiya berilishi haqida yozgandi.