Yangiliklar

Global Insurance Group sug‘urta kompaniyasi litsenziyasi bekor qilindi

Kompaniya 2022-yilda olingan sug‘urta faoliyati litsenziyasidan mahrum etilgan
Foto: Yandex Maps

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) Global Insurance Group sug‘urta kompaniyasining faoliyat litsenziyasini bekor qilish haqida qaror qabul qildi. Mazkur qaror 9-maydan kuchga kirgan.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, kompaniya 2022-yilda olingan sug‘urta faoliyati litsenziyasidan mahrum etilgan. Shunga qaramay, Global Insurance Group ilgari tuzilgan sug‘urta va qayta sug‘urta shartnomalari bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishda davom etishi kerak bo‘ladi.

Bundan tashqari, ILMA 6-may kuni Leo Finance Sug‘urta Broker kompaniyasi litsenziyasini ham bekor qilgan. Ushbu qaror 10-maydan amal qila boshlagan.

Ma’lumot uchun, Global Insurance Group bilan bog‘liq muammolar 2025-yil kuzida yuzaga kelgan edi. O‘sha paytda regulyator moliyaviy tekshiruvlar davomida qonunbuzarliklarni aniqlab, kompaniya faoliyatini vaqtincha cheklagan va jarima qo‘llagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan ILMA «Semurg Insurance» litsenziyasini vaqtincha to‘xtatgani haqida yozgandi.