Yangiliklar

Toshkentdan so‘ng Olmaotada ham kuchli yomg‘ir kuzatildi — video

Shaharda suv toshqinlarini bartaraf etish uchun 3 ming ishchi va 1,2 ming texnika jalb qilindi
Foto: Olmaota hokimiyati

Olmaotada 10 – 11-may kunlari 50,4 mm yog‘ingarchilik kuzatilib, bu holat oylik me’yorning yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etdi. Bu haqda Kursiv Kazakhstan ma’lum qildi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/05/@dots_foto_threadsmate.com_1778559498.mp4

10-may soat 11:00 dan 11-may 20:00 ga qadar tushgan yomg‘ir miqdori 50,4 mm ga yetdi. Shahar uchun bu ko‘rsatkichning oylik me’yori 99 mm hisoblanadi. Hozirda kommunal xizmatlar yig‘ilgan suvni tortib olish ishlarini uzluksiz davom ettirmoqda.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/05/@olya_kadralinova_threadsmate.com_1778559548.mp4

Ushbu jarayonga maxsus suv tortish mashinalari va 15 ta ko‘chma nasos jalb etilgan. Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar departamenti tomonidan mintaqada 240 nafar xodim hamda 53 ta maxsus texnika safarbar qilingan.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/05/@_pelmeshek_.__threadsmate.com_1778559512.mp4

So‘nggi bir sutka davomida suvni tortish hamda tozalash ishlarida jami 3 ming nafar yo‘l ishchisi va 1,2 ming dona maxsus texnika qatnashdi. Bugun, 12-may kuni ham Olmaotada yomg‘ir hamda momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Sinoptiklar prognoziga ko‘ra, yog‘ingarchilik 13-may kuni to‘xtaydi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/05/@olya_kadralinova_threadsmate.com_1778559550.mp4

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda kuchli yomg‘ir sabab 23 ta manzilda suv to‘plangani haqida xabar bergan edi.