Yangiliklar

Poytaxtning ayrim hududlarida issiq suv vaqtincha o‘chiriladi

2026-yil 13-may soat 10:00 ga qadar
Toshkentning ayrim hududlarida issiq suv besh kunga to‘xtatiladi
Poytaxtning ayrim hududlarida issiq suv vaqtincha o‘chiriladi / Foto: Facebook

«Suvta’minoti» DUK tomonidan olib borilayotgan rejali ishlar sabab Toshkent shahrining ayrim manzillarda issiq suv ta’minoti vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2026-yil 13-may kuni soat 10:00 ga qadar qator ko‘cha, daha va mahallalarda issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Cheklovlar Bunyodkor shohko‘chasi, Navoiy, Olmazor, Beruniy, Islom Karimov, Qoratosh, Furqat, Afrosiyob, Kichik halqa yo‘li, Shifonur, Ziyo, Qoraqamish, Talabalar, Universitet, Samarqand Darvoza, Abay, Abdulla Qodiriy, Ko‘kcha Darvoza, Beshyog‘och, Nurafshon, Paxtakor, Huvaydo va Gulobod ko‘chalarini qamrab oladi.

Shuningdek, Chorsu maydoni, Chorsu, Qoratosh, Olmazor, Beshyog‘och, M-10, M-11, M-13, M-14, M-26, M-27, M-28, B-1, B-2, B-3 hamda Qoraqamish 2/1 dahalarida ham issiq suv vaqtincha o‘chiriladi. Talabalar shaharchasi va ToshDTU hududi ham ushbu hududlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Shayxontohur tumanida Sarxumdon, Gulobod, Obinazir, Bog‘ko‘cha, Ilg‘or, Zafarobod, Bo‘ston, Tinchlik, Chorsu, Qoratosh, Chaqar, Yangi Kamolon, Kamolon Darvoza, Kamolon, Xadra, Gulbozor, O‘rda va Shayxontohur mahallalarida vaqtinchalik uzilish kuzatiladi. Olmazor tumanidagi Chustiy, Quyosh, Orzu, Allon, Ziyo, Bo‘stonobod, Istiqbol va Universitet mahallalari hamda Chilonzor tumanining Beshyog‘och va Katta Olmazor mahallalari ham cheklovlar hududiga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda kommunal to‘lovlar bo‘yicha qarzlar soddalashtirilgan tarzda undirilishi haqida yozgan edik.