Sport

CAFA U-20: O‘zbekiston termasi Qirg‘izistondan ustun keldi

Yoshlar terma jamoasi musobaqani ishonchli 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan boshladi
Foto: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi

Tojikistonda o‘tkazilayotgan CAFA U-20 musobaqasida O‘zbekiston U-20 terma jamoasi ilk uchrashuvida Qirg‘izistonni mag‘lub etdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar bermoqda.

Foto: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi

Tursunzoda shahridagi «Talko Arena» o‘yingohida bo‘lib o‘tgan o‘yinda O‘zbekiston termasi Qirg‘iz Respublikasi ustidan 2:0 hisobida ustun keldi. Uchrashuvning 32-daqiqasida Ulug‘bek Maratov hisobni ochdi. O‘yinning 77-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan Sodiqov hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/05/video_2026-05-13_11-05-21.mp4
Foto: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi asosiy tarkibida Nematulloh Rustamjonov, Ozodbek Odiljonov, Ozodbek Najmiddinov, Muhammadali Dilshodbekov, Abdulvosid Soliyev, Azizbek To‘lqinbekov, Quvonishbek Saydaliyev, Abubakir Shukurullayev, Nurbek Sarsenbayev, Ulug‘bek Maratov hamda Sadriddin Xasanov maydonga tushdi.

Zaxiradan Odinaev, Shorahmedov, Musaxonov, Baxodirxonov, Abraev, Ko‘paysinov, Shokirov, Abdug‘aniyev, Abdusattorov, Habibullayev va Sodiqov maydonga tushirildi. Musobaqaning keyingi turida o‘zbekistonlik futbolchilar Afg‘oniston U-20 jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Foto: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi

Avvalrq Kursiv Uzbekistan CAFA U-17 Championship 2026 turniri Toshkentda bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan edi.