Sport

Endrik kelasi hafta «Real Madrid»ga qaytadi — manba

Yosh hujumchi «Olimpik Lion»dagi ijarasini yakunlab, Madridda mashg‘ulotlarga kirishadi
Foto: Instagram / Fabritsio Romano

Fransiyaning «Olimpik Lion» klubida yorqin o‘yin ko‘rsatayotgan Endrik keyingi hafta «Real Madrid» ixtiyoriga qaytadi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi.

Foto: Instagram / Endrik

Braziliya terma jamoasi a’zosi «Olimpik Lion» bilan xayrlashib, tez orada Ispaniya poytaxtiga yetib kelishi kutilmoqda. «Real Madrid» rahbariyati futbolchining Valdebebas bazasida jismoniy holatini saqlab qolish bo‘yicha so‘rovini qondirgan. Shundan so‘ng, u bor e’tiborini bo‘lajak Jahon chempionatiga qaratadi.

Qirollik klubi rahbariyati Endrikni kelasi mavsumda ham o‘z safida olib qolishni rejalashtirgan. Insayderning qo‘shimcha qilishicha, ayni paytda jamoa boshqaruvini Arbeloadan qabul qilib olish uchun Joze Mourino asosiy nomzod bo‘lib turibdi.

Foto: Instagram / Endrik

Eslatib o‘tamiz, joriy yil boshida ijara asosida Fransiyaga yo‘l olgan Endrik «Olimpik Lion» safida muvaffaqiyatli to‘p surmoqda. U barcha musobaqalarda jami 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Mourinyo mavsum yakunida «Real Madrid»ga qaytishga tayyorligi haqida xabar bergan edi.