Yangiliklar

Omonatga xiyonat: bank xodimlari omonat mablag‘lariga ega chiqmoqchi bo‘ldi

Holat Toshkent shahri Uchtepa tumanida sodir bo‘lgan
Bank xodimlari omonat mablag‘lariga ega chiqmoqchi bo‘ldi / Foto: Hafiza Muxtorova / SI

Toshkentda tijorat bank mijozining omonat mablag‘larini o‘zlashtirgan xodimlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.

Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvdabankining mas’ul xodimlari fuqaroning bank omonatiga qo‘yilgan $500 ming miqdordagi pulini soxta hujjatlar asosida qo‘lga kiritib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) hamda 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni tayyorlash, qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyati Kogon tumani hokimi o‘rinbosari 12 ming dollar pora bilan ushlangan edi.