Lifestyle

Xiaomi Band 10 Pro yengil dizayn bilan taqdim etildi

Korpusda alyuminiydan foydalanilgan
Xiaomi Band 10 Pro yengil dizayn bilan taqdim etildi / Foto: Xiaomi

Xiaomi yangi Xiaomi Band 10 Pro fitnes bilaguzugining ilk tafsilotlarini taqdim etdi. Undagi yengil dizayn kundalik foydalanishda qulaylik yaratishga mo‘ljallangan.

Lu Weibingning ma’lum qilishicha, yangi modelning qalinligi atigi 9,7 mm, og‘irligi esa 21,6 grammni tashkil etadi. Qurilma alyuminiy qotishmadan tayyorlangan bo‘lib, dizaynda yengillik va qulaylikka alohida e’tibor qaratilgan.

Kompaniya vakillariga ko‘ra, bilaguzuk silliq va biroz egri ekran bilan jihozlangan bo‘lib, u yoqimli his beradi. Alyuminiy korpus va ekran dizayni qurilmaning tashqi ko‘rinishini yanada nafislashtiradi hamda kundalik uslubga moslashadi.

Foto: Xiaomi
Foto: Xiaomi
Foto: Xiaomi

Shuningdek, Xiaomi Band 10 Pro Ceramic Edition nomli keramika versiyasi ham taqdim etiladi. Ushbu model yumshoq va qulay ftorelastomer bilaguzuk bilan jihozlanishi kutilmoqda. Qurilma narxi 1-1,2 mln so‘mni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Casio yangi Electro Green G-Shock kolleksiyasini taqdim etgan edi.