Yangiliklar

ANORBANK xalqaro moliyalashni jalb qiladi: responsAbility va Triple Jump’dan $15 mln kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi

Foto: Anorbank

«ANOR BANK» AJ ikkita xalqaro moliyaviy rivojlantirish institutidan jami $15 mln jalb qilingani haqida xabar berdi. Shveytsariyaning impakt-investori – responsAbility Investments bankka $5 mln, Niderlandiyaning Triple Jump $10 mln ajratdi. Mablag‘lar O‘zbekistondagi kichik va o‘rta biznesni kreditlashni kengaytirishga qaratiladi.

Xalqaro miqyosdagi e’tirof

Dunyodagi eng nufuzli ikkita impakt-moliyalash instituti – responsAbility va Triple Jump bilan hamkorlik ANORBANK’dagi yuksak porporativ boshqaruv standartlari, shaffoflik va kredit intizomining tasdig‘i sanaladi. Ikkala hamkor rivojlanayotgan bozorlardagi moliya institutlarini qo‘llab-quvvatlashga ixtisoslashgan va investitsiya qarorlarini qabul qilishdan oldin sinchkov baholashni o‘tkazadi. Ularning ANORBANK foydasiga tanlovi – bu shunchaki moliyaviy tranzaksiya emas, balki global investitsion hamjamiyat tomonidan ishonch belgisidir.

Sarmoya — iqtisodiyotga

Jalb etilgan moliyalash bevosita tadbirkorlar uchun hammabop kreditlarga: aylanma mablag‘larni to‘ldirishga; jihozlar xarid qilishga va biznesni kengaytirishga konvertatsiyalanadi. XMI bilan o‘zaro hamkorlik bankga, faqat ichki resurslar bazasi hisobiga qoplab bo‘lmaydigan kreditlashning raqobatbardosh shartlarini taklif etish imkonini beradi. Shu tariqa ANOR xalqaro kapitalning O‘zbekiston iqtisodiyoti real sektoriga jalb qilishda ko‘prik vazifasini o‘taydi.

Kichik va o‘rta biznes – bandlik va mamlakat YIMning asosiy dvigatellaridan biri, biroq aynan ushbu segment an’anaviy ravishda moliyalashda eng katta tanqislikni his qiladi. ResponsAbility va Triple Jump bilan hamkorlik bankka maqsadli ravishda ushbu tafovutni bartaraf etish imkonini beradi.

Xalqaro integratsiyaga yo‘nalganlik

ANORBANK izchil ravishda yetakchi xalqaro moliyaviy institutlar bilan munosabatlar o‘rnatib keladi va buni strategik ustuvorlik deb biladi. Har bir yangi kelishuv bank imkoniyatini kengaytiradi, uning xalqaro kapital bozoridagi nufuzini mustahkamlaydi va pirovardida, mijozlar – ham biznes, ham jismoniy shaxslar uchun yanada foydali shart-sharoitni yaratadi.

Bank xalqaro moliyalashni faol jalb qilishda va global rivojlantirish institutlari o‘rtasida hamkorlar doirasini kengaytirishda davom etish niyatida.

Matbuot masalalar bo‘yicha: info@anorbank.uz | +998 55 503 00 00

«ANORBANK» AJ – O‘zbekistonning birinchi milliy raqamli banki. O‘zR MB litsenziyasi №87, 22.08.2020-y.