
15-may uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 98,06 so‘mga tushib, 11 975,36 so‘mni tashkil qildi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
Dollar 7-may kuni 37,07 so‘mga oshib, 12 074,28 so‘mni, 8-may kuni 40,69 so‘mga oshib, 12 114,97 so‘mni, 12-may kuni 26,97 so‘mga oshib, 12 141,94 so‘mni va 13-mayda yana 3,71 so‘mga oshib, 12 145,65 so‘mga yetdi. Ammo 14-may kuni kurs 72,23 so‘mga tushib, 12 073,42 so‘mni tashkil qildi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 113,6 so‘mga tushib, 14 020,75 so‘mni, rubl esa 1,56 so‘mga tushib, 162,91 so‘mni tashkil etdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan dollar hafta davomida 162 so‘mga oshgani haqida yozgandi.