Yangiliklar

Janubiy Koreyaga ishga yuborish va’dasi bilan 63 nafar fuqaroni chuv tushirganlar ushlandi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Farg‘onada sud boshqaruvchisi yordamchisi pora ustida qo‘lga olindi
Janubiy Koreyaga ishga yuborish va’dasi bilan 63 nafar fuqaroni chuv tushirganlar ushlandi / Foto: Facebook

Surxondaryo viloyatida jami 63 nafar fuqaroni Janubiy Koreyaga ishga yuborish bahonasida $408,8 ming pul mablag‘larini noqonuniy ravishda o‘zlashtirgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.

Departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda nodavlat ta’lim muassasasi ta’sischisi (muqaddam sudlangan) va boshqalar oldindan til biriktirib, fuqarolarning ishonchiga kirgani aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, ular 6 ta viloyatda yashovchi 63 nafar fuqaroga Janubiy Koreya Respublikasiga ishga yuborishni va’da qilib, jami $408,8 ming miqdoridagi mablag‘ni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 75 ming dollar evaziga xorijda ishga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlangan edi.