Yangiliklar

Tailandda vizasiz qolish muddati qisqardi, Angrendagi ziplaynda ikki fuqaro to‘qnashib ketdi — 14-may kungi muhim yangiliklar dayjesti

Kun davomida O‘zbekiston va dunyoda yuz bergan dolzarb yangiliklar bir maqolaga jamlandi
14-may kungi muhim yangiliklar dayjesti / Foto: Travelandtourworld.com
Interpol Migratsiya agentligining sobiq xodimiga qidiruv e’lon qildi
Foto: Shutterstock

Interpol Migratsiya agentligining sobiq xodimiga qidiruv e’lon qildi

Migratsiya agentligining sobiq xodimi Azizbek Toshtemirov xalqaro qidiruvga berildi. Interpol saytida e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, u firibgarlikda ayblanmoqda.

Toshtemirov O‘zbekiston tomonidan qidirilmoqda. Unga nisbatan «firibgarlik» moddasi bo‘yicha ayblov qo‘yilgan. Ma’lumotda qayd etilishicha, Toshtemirov 1990-yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. U o‘zbek, rus va ingliz tillarini biladi.

Davomi…

O‘zbekistonda ayrim plastik mahsulotlarni ishlab chiqarish taqiqlandi
O‘zbekistonda ayrim plastik mahsulotlarni ishlab chiqarish taqiqlandi / Foto: ThoughtCo

O‘zbekistonda ayrim plastik mahsulotlarni ishlab chiqarish taqiqlandi

O‘zbekistonda ayrim plastik mahsulotlarni ishlab chiqarish, yetkazib berish va sotish taqiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Davomi…

Angrendagi ziplineda ikki fuqaro to‘qnashib ketdi, tashkilotchilar jarimaga tortildi
Angrendagi ziplineda ikki fuqaro to‘qnashib ketdi, tashkilotchilar jarimaga tortildi / Foto: FVV

Angrendagi ziplaynda ikki fuqaro to‘qnashib ketdi. Tashkilotchilar jarimaga tortildi

14-mayning birinchi yarmida ijtimoiy tarmoqlarda ziplayn (trosli tushish moslamasi)da ikki fuqaroning to‘qnashuvi aks etgan video tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi attraksionda sodir bo‘lgan holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Davomi…

Javohir Sindarov va Garri Kasparov / Foto: UzChess

Sindarov mukofot jamg‘armasi $475 ming bo‘lgan turnirda ishtirok etadi

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov Ruminiyada o‘tkaziladigan, mukofot jamg‘armasi $475 ming bo‘lgan nufuzli Grand Chess Tour musobaqasida ishtirok etadi. Bu haqda UzChess xabar bermoqda.

Davomi…

Tailand
Foto: Pexels.com

Tailand O‘zbekiston uchun vizasiz qolish muddatini 30 kungacha qisqartiradi

Tailand hukumati 93 davlat fuqarolari, shu jumladan, O‘zbekiston sayyohlari uchun vizasiz kirish rejimini 60 kundan 30 kungacha qisqartiradi. Bu haqda Reuters nashri xabar berdi.

Davomi…

O‘zbekistonda ilk bor dronlar yordamida sholi ekildi
Foto: depositphotos

O‘zbekistonda ilk bor dronlar yordamida sholi ekildi

Dron yordamida sholi ekish texnologiyasi O‘zbekistonda ilk bor qo‘llanildi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutida sholi yetishtirishning intensiv texnologiyalariga bag‘ishlangan dala seminari o‘tkazildi.

Davomi…

elektromobillar
Banklarda 16 foizgacha avtokredit berilishi elektromobillarni ommalashishiga yordam beradimi / Foto: Avtoelon

O‘zbekiston avtomobil bozorida elektromobillar ulushi 10 foizga yetdi

O‘zbekistonda ikkilamchi avtomobil bozori xaridor va sotuvchilar uchun tobora raqobatli maydonga aylanmoqda. Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tomonidan e’lon qilingan yangi tahlilga ko‘ra, 2026-yil aprel oyida bozorda takliflar soni kamaygan bo‘lsa-da, elektromobillarga qiziqish keskin oshgan.

Davomi…

Foto: Oyina.uz

O‘zbekistonda oilalarning baxtlilik darajasi yuqoriladi

O‘zbekistonda oilalarning baxtlilik darajasi yuqori ekani qayd etildi. Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2026-yilning mart – aprel oylarida o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqot natijalariga ko‘ra, mamlakatdagi oilalarning umumiy baxtlilik indeksi 0,618 ballni tashkil qildi.

Davomi…

Termiz–Istanbul yo‘nalishida muntazam parvozlar yo‘lga qo‘yilmoqda
Termiz–Istanbul yo‘nalishida muntazam parvozlar yo‘lga qo‘yilmoqda / Foto: Flykhiva

Termiz — Istanbul yo‘nalishida muntazam parvozlar yo‘lga qo‘yilmoqda

Joriy yil 30-maydan boshlab Flykhiva aviakompaniyasi Termiz — Istanbul — Termiz yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

Davomi…