
Joriy yil 30-maydan boshlab Flykhiva aviakompaniyasi Termiz — Istanbul — Termiz yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, mazkur aviareyslar haftaning chorshanba va shanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Hozirda Turkiyaning Istanbul shahriga O‘zbekistonning Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Urganch va Buxoro shaharlaridan ham muntazam parvozlar mavjud.
Ma’lumot uchun, ushbu yo‘nalishlarda Uzbekistan Airways, Qanot Sharq, Centrum Air hamda Turkish Airlines aviakompaniyalari haftasiga jami 87 ta muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Etihad Airways Toshkent — Abu-Dabi yo‘nalishida parvozlarni yo‘lga qo‘yishi haqida xabar qilgan edik.