Lifestyle

«Uzoq shahar»: 62-qismda nimalar bo‘ladi

61-qismi yana hayajonli voqealar bilan tomoshabinlarni ekran oldiga yig‘di
«Uzoq shahar»: 62-qismda nimalar bo‘ladi
Foto: Kanal D

Kanal D telekanalida har dushanba namoyish etilayotgan «Uzoq shahar» («Uzak Şehir»)  serialining 61-qismi yana hayajonli voqealar bilan tomoshabinlarni ekran oldiga yig‘di. Qismdan so‘ng 62-qism tizeri ham e’lon qilindi. Yangi lavhalarda Jihan va Alyaning taqdiri yanada murakkablashishi ko‘rinmoqda.

61-qismda Alya va kichik Denizning o‘g‘irlab ketilishi voqealarni keskinlashtirdi. Jihan ularni topish uchun barcha imkoniyatlarini ishga soldi. U izlarni birma-bir tekshirib, voqealar ortidagi haqiqatni ochishga harakat qiladi.

Dastlab shubha Feyyazga tushadi. Jihan u bilan yuzma-yuz gaplashadi. Biroq keyinchalik Alyaning o‘g‘irlanishida Feyyazning bevosita aloqasi yo‘qligi ma’lum bo‘ladi. Shu bilan birga, Narening sog‘ligi yomonlashib, oilada yana bir katta inqiroz boshlanadi. Eng og‘ir zarba esa Nare farzandini yo‘qotgani va endi boshqa ona bo‘la olmasligini bilgach yuz beradi.

Uzak Şehir 61. Bölüm 2. Tanıtım | "Nereye Gidersen Git Ben Senin Peşinden Gelirim!"

Bu orada Jihan Engin izidan tushadi va muhim dalillarga ega bo‘ladi. U haqiqatga tobora yaqinlashadi. Qism finalida esa Alya o‘g‘lini himoya qilish uchun o‘zini xavf ostiga qo‘yadi. Jihan esa uni qutqarish uchun katta kurash olib boradi.

62-qism tizerida Pakizening hushidan ketgani ko‘rsatiladi. Shuningdek, Jihan yangi qismda Feyyaz bilan yana qarama-qarshi keladi. Endi u qasos olish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri Feyyazning oldiga chiqadi. Tizerdagi keskin sahnalar voqealar yanada dramatik tus olishini anglatmoqda.

Uzak Şehir 62. Bölüm 1. Tanıtım | "Albora Köyünün Meydanında Düğün Yapacağım"

Yangi qismda Alya va Jihan qutulib qoladimi, Cihanning qasos rejasi qanday oqibatlarga olib keladi, hozircha serial muxlislari aynan shu savollarga javob kutmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Forsaj» franshizasi asosida 4 ta serial suratga olinishi xabar qilingandi. Manbalarga ko‘ra, seriallardan biri Peacock platformasida tayyorlanmoqda, boshqalari esa Universal Television tomonidan turli rivojlanish bosqichlarida. Serialga Vin Dizel prodyuserlik qiladi. Dastlabki qism ssenariysini Mayk Daniels va Vulf Koulman yozadi.