
16-17-may kunlari 24 ta tijorat banklari tomonidan valyuta ayirboshlash va xalqaro pul oʻtkazmalari xizmatlari koʻrsatiladi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, haftaning dam olish kunlari mazkur banklar valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqda:
- Agro bank
- Apex bank
- Anor bank
- Milliy bank
- Tenge bank
- Hamkor bank
- Garant bank
- Hayot bank
- Asaka bank
- Universal bank
- SQB
- Trust bank
- Orient Finance bank
- Ipoteka bank
- Infin bank
- Asia Alliance bank
- BRB
- Mikrokreditbank
- Xalq banki
- Aloqabank
- Ipak yuli bank
- Kapital bank
- Saderat bank
Bundan tashqari, 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari hamda tijorat banklarining mobil ilovalari orqali kunning istalgan vaqtida bankka tashrif buyurmasdan valyuta ayirboshlash imkoniyati yaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan’da 18-may uchun valyutalar kursi e’lon qilingan edi.