Yangiliklar

Dollar qariyb 11 so‘mga oshdi: 18-may uchun valyutalar kursi

15-mayda dollar kursi 98,06 so‘mga tushib, 11 975,36 so‘mni tashkil qildi
Dollar yana tushdi: 18-may uchun valyutalar kursi
Foto: depositphotos

18-may uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 10,94 so‘mga oshib, 11 986,30 so‘mni tashkil qildi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

Dollar 8-may kuni 40,69 so‘mga oshib, 12 114,97 so‘mni, 12-may kuni 26,97 so‘mga oshib, 12 141,94 so‘mni va 13-mayda yana 3,71 so‘mga oshib, 12 145,65 so‘mga yetdi. Ammo 14-may kuni kurs 72,23 so‘mga tushib, 12 073,42 so‘mni, shuningdek, 15-may kuni yana 98,06 so‘mga tushib, 11 975,36 so‘mni tashkil qildi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 83,08 so‘mga tushib, 13 937,67 so‘mni, rubl esa 0,7 so‘mga oshib, 163,61 so‘mni tashkil qildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan dollar hafta davomida 162 so‘mga oshgani haqida yozgandi.