
Calif kompaniyasi kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislari Claude Mythos sun’iy intellekt modeli yordamida macOS himoya mexanizmini chetlab o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar bermoqda.
Ekspertlar sun’iy intellekt modeli orqali ikkita xatolikni aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi. Ushbu kamchiliklar Apple ARM bazasidagi protsessorlari uchun besh yil davomida yaratilgan Memory Integrity Enforcement (Xotira butunligini ta’minlash) himoya mexanizmini chetlab o‘tishga imkon bergan.

macOS tizimidagi ushbu bo‘shliqlarni aniqlagach, Calif mutaxassislari himoyani chetlab o‘tish jarayoni batafsil yoritilgan 55 sahifali hisobot tayyorlab, muammolarni tahlil qilish va bartaraf etish uchun uni Apple’ga taqdim etishdi.
WSJ’ga bergan izohida Apple vakili macOS tizimining buzilganini tasdiqlamagan bo‘lsa-da, kompaniya xavfsizlikka oid hisobotlarga jiddiy yondashishini ta’kidlab o‘tgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Apple iOS 27 tizimida turli SI modellarini tanlash imkonini berishi haqida xabar bergan edi.