
Saida Mirziyoyeva hududlardagi ijtimoiy obyektlar holatini o‘rganish jarayonida Buxorodagi ayrim bog‘cha va tibbiyot muassasalarining ahvoli keskin tanqid qildi. Bu haqda Prezidenti Administratsiyasi rahbari Telegram kanalida ma’lum qildi.
«Biz Buxoroda ko‘zdan kechirgan bog‘cha va poliklinikalarning ahvoli nihoyatda achinarli, ularni zudlik bilan ta’mirlash talab etiladi. Bu bolalarimizning kelajagi uchun zarur», — deb yozdi Mirziyoyeva.






Shu munosabat bilan 1977-yilda foydalanishga topshirilgan 21-sonli bolalar bog‘chasi to‘liq qayta qurilishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, 46 ming nafardan ortiq aholiga xizmat ko‘rsatayotgan 9-sonli poliklinika uchun ham yangi bino barpo etiladi.




Hozirda ushbu poliklinika 1972-yilda qurilgan, dastlab kam ta’minlangan fuqarolar uchun mo‘ljallangan eski yotoqxona binosida faoliyat yuritmoqda. Mutasaddilar bu holatni zamonaviy tibbiy xizmat talablariga mos emas deb baholamoqda. Ma’lum qilinishicha, eski bino ham kapital ta’mirlanib, u yerda yashovchi fuqarolarning yashash sharoiti yaxshilanadi.
Bundan tashqari, keyingi ikki yil davomida viloyatning olis va chekka hududlaridagi yana 36 ta poliklinikani rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Saida Mirziyoyeva Samarqandda ichimlik suvi va ijtimoiy loyihalar bilan tanishgani haqida yozgandi.