
Bu yil Qurbon hayiti 27-may, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket 5 kun dam olishi mumkin.
Dam olish kunlari quyidagicha bo‘lishi kutilmoqda:

27-may — Qurbon hayiti bayrami;
28-may — qo‘shimcha dam olish kuni;
29-may — qo‘shimcha dam olish kuni;
30-may — 6 kunlik ish haftasi uchun dam olish kuni;
31-may — yakshanba.
Shu tariqa ish haftasi turidan qat’iy nazar, fuqarolar ketma-ket 5 kun dam oladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili dekabrda qabul qilingan prezident farmonida (PF-257-son) qo‘shimcha dam olish kunlari tasdiqlangandi.
Unga ko‘ra, 28 − 29-may kunlari barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni hisoblanadi. Haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun esa 30-may – shanba kuni ham dam olish kuni etib belgilangan.