Yangiliklar

Toshkentda bitiruvchi yoshlar festivali o‘tkaziladi

Kirish bepul
Toshkentda bitiruvchi yoshlar festivali o‘tkaziladi
Foto: depositphotos

Toshkent shahar hokimligi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda bitiruvchilar uchun yirik shou-kecha tashkil etadi.

Tadbir 25-may kuni soat 18:00 da Olimpiya shaharchasida bo‘lib o‘tadi. Kirish bepul.

Tashkilotchilar ma’lumotiga ko‘ra, konsert dasturida 20 dan ziyod san’atkorlar qatnashadi. Tadbir davomida mashhur qo‘shiqlar, shou dasturlar va bayramona muhit bitiruvchilar uchun taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 25-maydan Prezident maktablariga qabul boshlanishi xabar qilingandi. Qabul 25-maydan 14-iyungacha davom etadi va arizalar to‘liq onlayn tarzda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz orqali qabul qilinadi.

Tizimga ko‘ra, Prezident maktablariga ariza topshirish uchun bir qator hujjatlar talab etiladi. Jumladan, o‘quvchining so‘nggi 2 oyda olingan fotosurati, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma, maktab tomonidan tasdiqlangan yoki QR-kodli elektron baholar tabeli, ota-onaning pasport ma’lumotlari hamda aloqa telefon raqamlari taqdim etilishi lozim.