
17-may kuni O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Ushbu hududlarda momaqaldiroq kuzatilishi ehtimoli bor. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Ba’zi joylarda uning tezligi 13–18 m/s gacha kuchayadi. Ayrim hududlarda shamol 20–22 m/s gacha yetishi mumkin. Shu sababli chang-to‘zonlar kuzatilishi ehtimoli bor.
Kunduzi havo harorati 32–37 daraja atrofida bo‘ladi. Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3–8 m/s tezlikda esadi. Poytaxtda harorat 34–36 darajagacha ko‘tariladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Momaqaldiroq ham kuzatiladi. Ushbu hududlarda sel va suv toshqinlari xavfi bor. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Momaqaldiroq paytida uning tezligi 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Tog‘li hududlarda havo harorati 22–27 daraja bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 16-may kuni havo harorati qanday bo‘lishi haqida yozgan edi.