Yangiliklar

955 ta ishlab chiqarish korxonasining soliq qarzi 1,5 trln so‘mga yetdi

Qarzdorlikning 562,2 mlrd so‘mi soliq qarzi eng ko‘p bo‘lgan 10 ta korxona hissasiga to‘g‘ri keladi
955 ta ishlab chiqarish korxonasining soliq qarzi 1,5 trln so‘mga yetdi
Foto: Depositphotos

2026-yil 1-may holatiga ko‘ra, soliq qarzi 100 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalari soni 955 tani tashkil etdi. Ularning jami soliq qarzdorligi 1,5 trln so‘mga yetgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu qarzdorlikning 562,2 mlrd so‘mi soliq qarzi eng ko‘p bo‘lgan 10 ta korxona hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu jami qarzdorlikning 37,8 foizini tashkil qiladi.

Hududlar kesimida eng yuqori soliq qarzdorligi Farg‘ona viloyatida qayd etilgan. Bu yerda ishlab chiqarish korxonalarining soliq qarzi 328,3 mlrd so‘mga yetgan. Keyingi o‘rinda Toshkent viloyati turibdi. Viloyatdagi ishlab chiqarish korxonalarining soliq qarzdorligi 295 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Uchinchi o‘rinda Andijon viloyati qayd etilgan. Bu hududda soliq qarzdorligi 191,9 mlrd so‘mga teng bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 35 ta tuman va shaharga yangi soliq rahbarlari tayinlangani haqida yozgan edi.