Yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

U 73 yoshni qarshilagan
Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
Foto: Qozog‘iston rahbari matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Bu haqda Qozog‘iston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, Toqayevni Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Xitoy raisi Si Szinpin, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov tabriklagan.

Tabrik yo‘llaganlar orasida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Armaniston prezidenti Vaagn Xachaturyan va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan ham bor. Bundan tashqari, BAA prezidenti shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon, Dubay hukmdori shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum va Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy ham tabrik yo‘llagan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Turkistonda O‘zbekiston qurgan yangi masjid ochilgani haqida yozgan edi.