Xavfsizlik

Toshkent viloyatida 5 kgdan ortiq «opiy» musodara qilindi

Gumonlanuvchilarga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan
Toshkent viloyatida 5 kgdan ortiq «opiy» musodara qilindi
Kollaj: SI

Toshkent viloyatida 5 kgdan ortiq «opiy» giyohvandlik vositasini noqonuniy olib ketayotgan ikki shaxs ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Samarqand shahrida yashovchi, 2001 va 2002-yillarda tug‘ilgan ikki fuqaro oldindan kuzatuvga olingan. Ular qo‘shni davlatdan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan 5 kg 160 gramm «opiy» moddasini Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanidan olib ketayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/05/1-1.mp4
Video: DXX

Tezkor tadbir Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona idoralari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilarga nisbatan «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Buxoro va Surxondaryoda salkam 13 kg «opiy» musodara qilingani haqida yozgan edi.