Yangiliklar

Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda
Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
Foto: Pexels

Xorazm viloyatining Urganch shahrida fuqaroni Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.

Departamentning Urganch shahri bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Ma’lum qilinishicha, ikki fuqaro o‘zaro til biriktirib, boshqa bir fuqaroni Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan.

Ular Migratsiya agentligida yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali bu masalani hal qilib berishini aytgan. Buning evaziga fuqarodan $2,4 ming va 1,2 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgani aytilmoqda.

Tezkor tadbir davomida ular ushbu pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi, ya’ni firibgarlik hamda 28, 211-moddasi, ya’ni pora berish moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri tadbirkordan $5 ming talab qilgan «Energosavdo» yuriskonsulti qo‘lga olingani haqida yozgan edi.