Yangiliklar

Apple Watch Ultra 4 yangi dizaynda taqdim etilishi mumkin

Qurilma sentabr oyida namoyish etiladi
Apple Watch Ultra 4 yangi dizaynda taqdim etilishi mumkin / Foto: Digitimes

Apple kompaniyasi Apple Watch Ultra 4 modelida ilk bor dizaynni tubdan o‘zgartirishi mumkinligi haqida ma’lumotlar tarqaldi. Bu haqda GSM Arena nashri xabar berdi.

Mish-mishlarga ko‘ra, Apple’ning eng qimmat aqlli soati bo‘lgan Apple Watch Ultra 4 avvalgi modellardan sezilarli darajada farq qiladigan yangi ko‘rinishda chiqadi. Agar bu tasdiqlansa, 2022-yilda ilk Apple Watch Ultra chiqarilganidan buyon ilk katta dizayn o‘zgarishi amalga oshirilgan bo‘ladi. Hozircha qurilmaning aniq qanday ko‘rinishda bo‘lishi haqida ma’lumot berilmagan.

Yangi model «sensor funksiyalarida sezilarli yangilanish» bilan ham jihozlanadi. Biroq bu yangi sensorlar qo‘shilishini anglatadimi yoki mavjud sensorlar samaradorligi oshiriladimi — hozircha noma’lum.

Hisobotda aytilishicha, Apple Watch Ultra liniyasi uchun sensor komponentlarini yetkazib beruvchi Taiwan-Asia Semiconductor kompaniyasi yangi model sabab katta hajmdagi buyurtmalarni iyul oyidayoq qabul qilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Apple Watch Ultra 4 sentabr oyida iPhone 18 Pro, iPhone 18 Pro Max hamda iPhone Ultra modellari bilan birga namoyish etiladi. Shuningdek, kompaniya AirPods Ultra va MacBook Ultra qurilmalarini ham o‘sha paytda taqdim etishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xiaomi avtomobilni boshqara oladigan Watch S5 smart soatini taqdim etgan edi.