Yangiliklar

Chevrolet Spark yilning eng yaxshi elektromobili, Enso Mareska «Manchester Siti»ning yangi bosh murabbiyi — 19-may kuni e’lon qilingan yangiliklar

Kursiv Uzbekistan dayjesti
Какие изменения ввели в Узбекистане с 1 марта
Foto: Maria Baranova / Unsplash

Chevrolet Spark yilning eng yaxshi elektromobili, Enso Mareska «Manchester Siti»ning yangi bosh murabbiyi — 19-may kuni e’lon qilingan yangiliklar Kursiv Uzbekistan dayjestida.

Chevrolet Spark yilning eng yaxshi elektromobili deb topildi

Chevrolet Spark yilning eng yaxshi elektromobili deb topildi
Foto: Chevrolet Brasil

General Motors kompaniyasi Chevrolet Spark EUV Janubiy Amerikada 2026-yilning eng yaxshi elektromobili deb topilganini ma’lum qildi. Bu haqda GMAutority xabar berdi.

Modelga ushbu e’tirof Amerika qit’asidagi avtomobil jurnalistlari federatsiyasi, ya’ni FIPA tomonidan berilgan. Bu yilgi marosimda Chevrolet Spark EUV mintaqadagi eng yaxshi nol emissiyali avtomobil sifatida tanlandi. G‘olib avtomobil sohasiga ixtisoslashgan jurnalistlarning ovozi asosida aniqlangan.

Dollar qariyb 37 so‘mga oshdi: 20-may uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

курс доллара
Foto: Unsplash

20-may uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 36,54 so‘mga oshib, 12 055,81 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 24,43 so‘mga oshib, 14 008,85 so‘mni, rubl esa 3,41 so‘mga oshib, 169,06 so‘mni tashkil qildi.

Oliy sud tarkibida o‘zgarish: sudga ikki nafar yangi sudya saylandi

Oliy sud tarkibida o‘zgarish: sudga ikki nafar yangi sudya saylandi
Foto: Senat

Senat Oliy sud tarkibiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, Qahramon Mirsafayev va Maxfirat Ochilova Oliy sud sudyasi lavozimiga o‘n yil muddatga saylandi.

Senatning 15-yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirish kiritish masalasi ko‘rib chiqildi. Oliy Majlis Senati qaroriga muvofiq, Qahramon Mirsafayev va Maxfirat Ochilova O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimiga saylandi. Ularning vakolat muddati o‘n yil etib belgilandi.

O‘zbekiston klublari OChL uchun uchta kvotaga ega bo‘ladi

Foto: FC NASAF

Superliga klublari Osiyo Chempionlar ligasi (OChL) doirasida jami uchta yo‘llanmaga ega bo‘ladi. Bu haqda OFK (Osiyo futbol konfederatsiyasi) ma’lum qildi. Unga ko‘ra, mamlakat jamoalari uchun Elit OChLda (1+1) va OChL 2 musobaqasida bitta kvota ajratiladi.

Enso Mareska «Manchester Siti»ning yangi bosh murabbiyi — manba

Rasm SI yordamida yaratilgan

«Manchester Siti» klubi Enso Mareskani yangi bosh murabbiy etib tayinlash bo‘yicha to‘liq og‘zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.

Joriy mavsum yakunida Pep Gvardiola klubni tark etishiga qaror qilgani ortidan rahbariyat tezkorlik bilan yangi murabbiy nomzodini tanladi. Fabritsio Romanoning ta’kidlashicha, «shaharliklar» rahbariyati uzoq izlanishlarsiz, asosiy nishon sifatida aynan Enso Mareskani tanlagan.

Javohir Sindarov fransiyalik Alirizo Firuja bilan durang o‘ynadi

Foto: Lennart Ootes / GCT

Buxarestda bo‘lib o‘tayotgan Super Chess Classic Romania 2026 turnirining beshinchi turida O‘zbekiston vakili Javohir Sindarov fransiyalik Alirizo Firuja bilan murosa yo‘lini tanladi. Bu haqda UzChess xabar bermoqda.

Tur oldidan Firujaning ahvoli diqqat markazida bo‘ldi. To‘pig‘idan olgan jarohati tufayli fransiyalik grossmeyster odatiy zalda o‘ynay olmadi va partiyani mehmonxonada, yotoqda yotgan holda o‘tkazdi. Firujaning ta’kidlashicha, shifokor unga faqat shunday holatda o‘ynashga ruxsat bergan.

Toshkent shahar hokimligi xodimlariga qimor, ichkilik va sovg‘alar taqiqlandi

Toshkent shahar hokimligi xodimlariga qimor, ichkilik va sovg‘alar taqiqlandi
Foto: depositphotos

Toshkent shahar hokimligi xodimlari uchun yangi odob-axloq qoidalari tasdiqlandi. Unga ko‘ra, xodimlarga ichkilikbozlik, qimor o‘yinlari va qimmatbaho sovg‘alar olish taqiqlanadi.

Shahar hokimi farmoyishiga binoan, xodimlarga qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarda qatnashish, xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanish hamda ish faoliyati bilan bog‘liq tashkilotlardan qimmatbaho sovg‘alar olish man etildi.

AQSh Erondagi urush sabab Rossiya neftiga imtiyozni yana uzaytirdi

BAA OPEKdan chiqishini e’lon qildi
Foto: Reuters

AQSh Rossiya neftini xarid qilishga ruxsat beruvchi vaqtinchalik imtiyozni yana 30 kunga uzaytirdi. Bu qaror energiya narxlari keskin oshib borayotgan bir paytda qabul qilindi.

AQSh Moliya vaziri Skott Bessentning ma’lum qilishicha, imtiyoz eng ko‘p energiya tanqisligidan aziyat chekayotgan davlatlarga yordam berish uchun joriy etilgan. Unga ko‘ra, dengizda qolib ketgan Rossiya neftini vaqtincha xarid qilish imkoniyati yaratiladi.

Uzbekistan Airways Apple Pay va Google Pay orqali to‘lov xizmatini ishga tushirdi

Uzbekistan Airways Apple Pay va Google Pay orqali to‘lov xizmatini ishga tushirdi
Foto: Cisoclub

Uzbekistan Airways aviachipta xarid qilishni yanada qulaylashtirish maqsadida Apple Pay va Google Pay orqali to‘lovlarni qabul qilishni boshladi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mazkur xizmatlar aviakompaniyaning rasmiy sayti hamda mobil ilovasida ishlaydi. Yangi tizim yo‘lovchilarga bank kartasi ma’lumotlarini qo‘lda kiritmasdan turib, aviachiptalarni tezkor tarzda xarid qilish imkonini beradi.

12 va undan yuqori jarima ball olgan haydovchilar soni 107 nafarga yetdi

12 va undan yuqori jarima ball olgan haydovchilar soni 107 nafarga yetdi
Foto: Facebook

1-aprelidan buyon 107 nafar haydovchi 12 va undan ortiq jarima ball to‘plab ulgurdi. Endilikda ular sud tartibida haydovchilik huquqidan mahrum etiladi, deya ma’lum qilmoqda YHXX matbuot xizmati.

Amaldagi tartibga ko‘ra, haydovchilik huquqidan mahrum qilingan fuqarolar transport vositasini boshqarish huquqini qayta tiklash uchun maxsus o‘quv kurslarini o‘tashi kerak bo‘ladi. Ular tegishli toifadagi avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash yoki qayta tayyorlash dasturining nazariy va amaliy mashg‘ulotlarini to‘liq tamomlashi lozim.