
20-may uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 36,54 so‘mga oshib, 12 055,81 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

Dollar 13-mayda yana 3,71 so‘mga oshib, 12 145,65 so‘mga yetdi. Ammo 14-may kuni kurs 72,23 so‘mga tushib, 12 073,42 so‘mni, shuningdek, 15-may kuni yana 98,06 so‘mga tushib, 11 975,36 so‘mni tashkil qildi. 18-may kuni esa 10,94 so‘mga oshib, 11 986,30 so‘mga, 19-may kuni esa 32,97 so‘mga oshib, 12 019,27 so‘mga yetdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 24,43 so‘mga oshib, 14 008,85 so‘mni, rubl esa 3,41 so‘mga oshib, 169,06 so‘mni tashkil qildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan dollar hafta davomida 162 so‘mga oshgani haqida yozgandi.