Yangiliklar

Oliy sud tarkibida o‘zgarish: sudga ikki nafar yangi sudya saylandi

Ular o‘n yil muddatga saylandi
Oliy sud tarkibida o‘zgarish: sudga ikki nafar yangi sudya saylandi
Foto: Senat

Senat Oliy sud tarkibiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, Qahramon Mirsafayev va Maxfirat Ochilova Oliy sud sudyasi lavozimiga o‘n yil muddatga saylandi.

Senatning 15-yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirish kiritish masalasi ko‘rib chiqildi. Oliy Majlis Senati qaroriga muvofiq, Qahramon Mirsafayev va Maxfirat Ochilova O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimiga saylandi. Ularning vakolat muddati o‘n yil etib belgilandi.

Foto: Senat

Shuningdek, bir qator sudyalar lavozimidan ozod qilindi. Boshqa ishga o‘tganligi sababli I. Boltaxodjayeva, B. Israilov, G. Parpiyeva, J. Rasulov, N. Rasulov va N. Raxmonov Oliy sud sudyasi lavozimidan ozod etildi. Bundan tashqari, Sh. Boliyev, B. Tangabayev va N. Xadjimatov o‘z arizasiga binoan lavozimidan ozod qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri endi ayrim qarzdorlik bo‘yicha nizosiz ishlar sudda ko‘rilmasligi haqida yozgan edi.