Gadjetlar

Samsung One UI 8.5 yangilanishini 11 ta modelga chiqardi

Yangilanish Galaxy S24, Galaxy S24 Plus va Galaxy S24 Ultra modellariga chiqqan
Samsung One UI 8.5 yangilanishini 11 ta modelga chiqardi
Foto: Sammobile

Samsung One UI 8.5 interfeys yangilanishining final versiyasini tarqatishni tezlashtirdi. Yangilanish bir vaqtning o‘zida 11 ta Galaxy liniyasi uchun chiqarilgan.

Avval Samsung yangi interfeys versiyalarini dastlab so‘nggi flagman modellarga taqdim etar edi. Keyin yangilanish bosqichma-bosqich boshqa qurilmalarga yetib borardi. Bu safar kompaniya jarayonni ancha tezlashtirgan.

Yangilanish Galaxy S24, Galaxy S24 Plus va Galaxy S24 Ultra modellariga chiqdi. Shuningdek, Galaxy S23 liniyasi ham yangilanishni oldi. Unga Galaxy S23, Galaxy S23 Plus, Galaxy S23 Ultra va Galaxy S23 FE kiradi.

Bundan tashqari, o‘rta segmentdagi Galaxy A56 va Galaxy A36 smartfonlari ham One UI 8.5 ga yangilandi. Manbaga ko‘ra, ayrim qurilmalar yangilanishni darhol global miqyosda olgan. Bu Samsung uchun odatiy holat emas. Odatda kompaniya proshivkani avval Janubiy Koreyada chiqaradi, keyin esa boshqa mamlakat va hududlarga tarqatadi.

«Kursiv» Galaxy S26 savdosi Galaxy S25’ga nisbatan 15 foizga oshgani haqida yozgan edi.