Yangiliklar

2026-yilda 3,3 million dollarlik muzqaymoq import qilindi

Import hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb $1,9 mlnga oshgan
Foto: Pexels.com

2026-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga 8 ta xorijiy davlatdan qiymati $3,3 mlnga teng bo‘lgan muzqaymoq mahsulotlari olib kelindi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

2026-yilning birinchi choragida mamlakatimizga muzqaymoq import qilish ko‘rsatkichi 2025-yilning mos davriga nisbatan keskin oshdi. Xususan, bu hajm qariyb $1,9 mlnga ko‘paygan bo‘lib, ichki bozorda xorijiy shirinliklarga bo‘lgan talab ortgan.

Foto: Pexels.com

Joriy yilning dastlabki uch oyida O‘zbekistonga eng ko‘p muzqaymoq yetkazib bergan davlat Rossiya bo‘ldi. Ushbu mamlakatdan jami 275,3 tonna shirinlik olib kelingan. Undan keyingi o‘rinlarni mos ravishda Qozog‘iston (139 tonna), Xitoy (46,2 tonna), Belarus (20,2 tonna) hamda Fransiya (17,6 tonna) davlatlari band etgan. Shuningdek, boshqa xorijiy davlatlar hissasiga jami 13,3 tonna muzqaymoq importi to‘g‘ri keladi.

Avvalroq Kursiv nashri 2030-yilgacha oziq-ovqat eksporti 10 mlrd dollarga yetkazilishi haqida xabar bergan edi.