
21-may kuni O‘zbekistonning ba’zi joylarda yog‘ingarchilik va momaqaldiroq kutiladi. Harorat hududlarga qarab kechasi 8–22°, kunduzi 17–32° atrofida bo‘ladi.
Quyida ob-havo prognozi viloyatlar kesimida:
| Hudud | Kunduzgi harorat | Kechki harorat | Yog‘ingarchilik |
|---|---|---|---|
| Toshkent shahri | 25–27° | 18–20° | Vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, momaqaldiroq |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati | 27–32° | 13–18° | Yomg‘ir, momaqaldiroq, ba’zi joylarda shamol va chang-to‘zon |
| Buxoro va Navoiy viloyatlari | 25–30° | 17–22° | Yomg‘ir, ayrim joylarda kuchli, momaqaldiroq, chang-to‘zon |
| Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari | 22–27° | 15–20° | Yomg‘ir, ayrim joylarda kuchli, momaqaldiroq, chang-to‘zon |
| Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari | 26–31° | 17–22° | Yomg‘ir, ayrim joylarda kuchli, momaqaldiroq, chang-to‘zon |
| Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari | 25–30° | 15–20° | Yomg‘ir, ayrim joylarda kuchli, momaqaldiroq |
| Tog‘ oldi va tog‘li hududlar | 17–22° | 8–13° | Kuchli yomg‘ir, do‘l, sel-suv toshqin xavfi |
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 15–22-may kunlari ayrim hududlarda suv toshqinlari kuzatilishi mumkinligi haqida yozgan edik.