Yangiliklar

Bog‘cha xodimlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda tabaqalanish borligi qayd etildi

Tadbirkorlar bog‘cha xodimlari uchun tibbiy ko‘rik narxlarini tenglashtirish taklifini ilgari surdi
Foto: Pexels.com

Davlat va davlat-xususiy sheriklik asosidagi bog‘cha xodimlari uchun tibbiy ko‘rik to‘lovlarida katta farq borligi qayd etildi. Tadbirkorlar bu haqda Savdo-sanoat palatasidagi uchrashuvda bildirdi.

Qayd etilishicha, davlat maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari tibbiy ko‘rik uchun 185 ming so‘m to‘layapti. Davlat-xususiy sheriklik asosidagi bog‘cha xodimlaridan esa qariyb 400 ming so‘m undirilmoqda.

Tekshiruvlar yuzasidan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Shu sababli tadbirkorlar davlat va DXSh asosidagi bog‘chalar xodimlari uchun tibbiy ko‘rik narxlarini tenglashtirish taklifini ilgari surdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq stomatologiya sohasidagi tadbirkorlar tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun belgilangan to‘lovlar juda yuqoriligini ma’lum qilgandi. Tadbirkorlarning aytishicha, qiymati $12 mln bo‘lgan stomatologik jihozlar to‘plamini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun avval 354 BHM, ya’ni qariyb 145,8 mln so‘m to‘lov belgilangan.