Yangiliklar

Britaniya boy investorlar uchun yangi viza joriy etishi mumkin

«Faqat taklifnoma orqali»
Britaniya Xitoy elchixonasi binosi josuslik markaziga aylanishidan xavotirda
Foto: Flytripper

Buyuk Britaniya boy investorlar uchun yangi «faqat taklifnoma orqali» ishlaydigan viza dasturini ishga tushirishni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Yangi tizimga ko‘ra, mamlakat iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishlariga kamida 5 mln funt sterling ($6,7 mln) investitsiya kiritgan xorijliklar uch yil davomida Britaniyada yashash huquqini olishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, investorlar tez rivojlanayotgan britan kompaniyalari va boshqa muhim loyihalarga sarmoya kiritishi kerak bo‘ladi. Dastur faqat maxsus taklif asosida ishlaydi va nomzodlar kuchaytirilgan tekshiruvdan o‘tadi.

Uch yildan keyin viza egalari doimiy yashash huquqini olish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.

Oninvest yozishicha, Britaniya hukumati vakili mamlakat xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ustida faol ishlayotganini ma’lum qilgan. Shu bilan birga, hukumat dunyo bo‘ylab iste’dodli va boy investorlarni jalb qilishning turli variantlarini o‘rganmoqda.

Bloomberg qayd etishicha, Britaniya so‘nggi yillarda boy xorijliklar uchun jozibadorligini qisman yo‘qotgan. Bunga soliq siyosatining qat’iylashgani va «oltin vizalar» dasturining yopilgani sabab bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaqin Sharqdagi urush global kompaniyalarga $25 milliard zarar yetkazgani xabar qilingandi. Kamida 279 ta kompaniya moliyaviy yo‘qotishlarni kamaytirish uchun favqulodda choralar ko‘rgan. Mahsulot narxlarini oshirish, ishlab chiqarishni qisqartirish, xodimlarni vaqtincha ishdan bo‘shatish, yonilg‘i ustama to‘lovlarini joriy etish va hukumatdan yordam so‘rash shular jumlasidandir.