Yangiliklar

Dollar qariyb 21 so‘mga oshdi: 21-may uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

Dollar qariyb 25 so‘mga oshdi: 21-may uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
Foto: Depositphotos

21-may uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 20,37 so‘mga oshib, 12 076,18 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

Grafik: SI

Dollar 13-mayda yana 3,71 so‘mga oshib, 12 145,65 so‘mga yetdi. Ammo 14-may kuni kurs 72,23 so‘mga tushib, 12 073,42 so‘mni, shuningdek, 15-may kuni yana 98,06 so‘mga tushib, 11 975,36 so‘mni tashkil qildi. 18-may kuni esa 10,94 so‘mga oshib, 11 986,30 so‘mga, 19-may kuni 32,97 so‘mga oshib, 12 019,27 so‘mga, 20-may kuni esa 36,54 so‘mga oshib, 12 055,81 so‘mga yetdi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 13,76 so‘mga tushib, 13 995,09 so‘mni, rubl esa 0,41 so‘mga oshib, 169,47 so‘mni tashkil qildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan dollar hafta davomida 162 so‘mga oshgani haqida yozgandi