
2027-yil 1-yanvardan boshlab jismoniy shaxslarning ipoteka kreditlarini qoplashga yo‘naltirilgan daromadlari bo‘yicha soliq imtiyozlarini qo‘llash proaktiv tartibda amalga oshiriladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Farmonga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha soliq, vakolatli organlar taqdim etgan ma’lumotlar asosida hisoblanadi va soliq to‘lovchining hisobot topshirish majburiyati bekor qilinadi.
Shuningdek, 2027-yil 1-yanvardan boshlab, avvalgi yilning 1-iyul holatiga ko‘ra so‘nggi 12 oy davomida to‘langan soliqlar, yig‘imlar, davlat boji va soliq bo‘lmagan to‘lovlar hajmi BHMning 500 ming baravaridan ortiq bo‘lgan korxonalar hamda tijorat banklari «o‘ta yirik soliq to‘lovchilar» deb e’tirof etiladi.
Qolaversa, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab Soliq qo‘mitasi huzurida Soliq oliy maktabi tashkil etiladi. Muassasada bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan maqsadli ipoteka omonati tizimi 1-iyuldan ishga tushishi haqida xabar bergan edi.