Yangiliklar

Mobil sanoat 2030-yilgacha Yevrosiyo iqtisodiyotiga 300 milliard dollar hissa qo‘shadi — GSMA

2025-yilda bu ko‘rsatkich $270 mlrd darajasida bo‘lgan
Мобильная индустрия
Mobil sanoat 2030-yilgacha Yevrosiyo iqtisodiyotiga 300 milliard dollar hissa qo‘shadi / Foto: Unsplash

Mobil sanoat 2030-yilgacha Yevrosiyo iqtisodiyotiga $300 mlrd miqdorida hissa qo‘shadi. 2025-yildagi bu ko‘rsatkich $270 mlrdni tashkil qilmoqda, deya ma’lum qildi GSMA Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan M360 Eurasia forumida.

Ta’kidlanishicha, o‘sishning asosiy drayverlari 5G texnologiyasi, sun’iy intellekt, IoT (buyumlarning internet orqali ishlashi) hamda biznesning raqamli transformatsiyasi hisoblanadi. Telekom-operatorlar asta-sekin an’anaviy aloqa xizmatlari provayderidan mintaqaning raqamli iqtisodiyoti asosiga aylanib bormoqda.

«Mobil texnologiyalar kompaniyalarga xarajatlarni kamaytirish, samaradorlikni oshirish va raqamli transformatsiyani tezlashtirishga yordam beradi», — deyiladi hisobotda.

Bundan tashqari, mobil sanoat Yevrosiyoda taxminan 750 ming ish o‘rnini qo‘llab-quvvatlaydi. Shundan 510 mingga yaqini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish o‘rinlari, 240 mingga yaqini esa bilvosita ish o‘rinlari hisoblanadi.

GSMA ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilda mobil ekotizim mintaqada taxminan $14 mlrd soliq tushumlarini amalga oshirgan. Geosiyosiy murakkab vaziyat va investitsiyalarga bosim bo‘lishiga qaramay, raqamli infratuzilma iqtisodiyotning eng barqaror yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq GSMA 2030-yilga borib O‘zbekistonda mobil ulanishlarning 40 foizdan ortig‘i 5G tarmoqlarida ishlashishi prognoz qilgan edi.