Yangiliklar

Samarqandda 286 mln so‘mlik qalbaki aksiz markali alkogol aniqlandi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
Samarqandda 286 mln so‘mlik qalbaki aksiz markali alkogol aniqlandi
Foto: Departament

Samarqand viloyatida 286 mln so‘mlik 5,7 ming dona qalbaki aksiz markali alkogol aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.

Departamentning Narpay tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida xususiy korxonaga qarashli savdo do‘konida 5,7 ming dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari borligi aniqlangan.

Foto: Departament

Ma’lumotga ko‘ra, do‘kon sotuvchisi umumiy qiymati 286 mln so‘mlik mahsulotlarni savdoga qo‘ygan. Aniqlangan alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi va 186-1-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, 176-modda qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash va ularni o‘tkazish bilan bog‘liq holatlarni nazarda tutadi.

Eslatib o‘tamiz, «Kursiv» Farg‘ona va Namanganda narkotik moddalar savdosiga chek qo‘yilgani haqida yozgan edi.