
Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida Tracker, Nexia, Cobalt va Shacman avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi (YTH) yuz berdi. Bu haqda viloyat YHXB xabar bermoqda.
Voqea 2026-yil 19-may kuni soat 19:15 lar atrofida sodir bo‘lgan. YTH Oqdaryo tumani hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining 6-kilometrida qayd etilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar va vafot etganlar yo‘q.
Mazkur holat yuzasidan Oqdaryo tumani IIB JXX YHXG xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda. YTH sabablari o‘rganilmoqda. Mas’ullar haydovchilardan yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilishni so‘radi. Shuningdek, transport vositasini belgilangan tezlikda va ehtiyotkorlik bilan boshqarish tavsiya etilgan.
Eslatib o‘tamiz, «Kursiv» nashri Samarqandda kanalga tushib ketgan Nexia-3 olib chiqilgani haqida yozgan edi.