Yangiliklar

Kapitalbank shaxmat bo‘yicha korporativ turnir o‘tkazdi

Kapitalbank Chess turniri har chorakda o‘tkaziladigan musobaqalar seriyasidagi navbatdagi korporativ chempionat bo‘lib, 7 turni o‘z ichiga olgan klassik shveysar tizimida o‘tkazildi
Strategik yurish: Kapitalbank shaxmat bo‘yicha korporativ turnir o‘tkazdi
Foto: Kapitalbank

Kapitalbank Chess turniri har chorakda o‘tkaziladigan musobaqalar seriyasidagi navbatdagi korporativ chempionat bo‘lib, bank tomonidan ommaviy sportni rivojlantirish va xodimlarning faol turmush tarzini rag‘batlantirishga qaratilgan.

Foto: Kapitalbank

Kapitalbank Chess turnirining tantanali ochilish marosimini O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi o‘rinbosari, fan doktori va professor Komil Sindarov olib bordi. U tabrik nutqi bilan so‘zga chiqib, Kapitalbank Kuzatuv kengashi raisining maslahatchisi Oksana Lindina bilan birgalikda musobaqaga rasman start berdi.

Foto: Kapitalbank

Kapitalbank Chess turniri har chorakda o‘tkaziladigan musobaqalar seriyasidagi navbatdagi korporativ chempionat bo‘lib, 7 turni o‘z ichiga olgan klassik shveysar tizimida o‘tkazildi. Bunday format ishtirokchilarga butun musobaqa davomida o‘zini namoyon qilish uchun teng imkoniyatlarni yaratdi. Har bir partiya uchun 10 daqiqa ajratilgani esa turnirni dinamik tarzda o‘tishini ta’minladi. Har bir o‘yin diqqat, sabr-toqat va tezkor qaror qabul qilish mahoratini talab qildi.

Foto: Kapitalbank

Ushbu tadbir Kapitalbankning People strategy dasturining bir qismi bo‘lib, ommaviy sportni rivojlantirish va xodimlarning faol turmush tarzini rag‘batlantirishga qaratilgan. Bank Kuzatuv kengashi raisi Maqsud Abdusamadov tomonidan qo‘llab-quvvatlanilayotgan ushbu dastur yugurish marafonlarida ishtirok etish (bankning korporativ terma jamoasi so‘nggi yillarda O‘zbekistondagi eng katta jamoa hisoblanadi), stol tennisi, shaxmat, futbol, voleybol, basketbol va kibersport kabi 7 ta yo‘nalishni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, bank xodimlari jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlashga qaratilgan sport sinovlarida qatnashib, jismoniy faollik va jamoaviy ruh madaniyatini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

Foto: Kapitalbank

«Shaxmat bank sohasida juda muhim sanalgan strategik va tahliliy fikrlash, diqqat-e’tiborni jamlash va sinchkovlik ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Aynan shu sababli Kapitalbank intellektual rivojlanish va sog‘lom raqobat madaniyatini qo‘llab-quvvatlagan holda bunday turnirlarni muntazam ravishda o‘tkazib boradi», — dedi «Kapitalbank» ATB Kuzatuv kengashi raisining maslahatchisi Oksana Lindina.

Foto: Kapitalbank

Yettita tur yakunlari bo‘yicha yuqori darajadagi tayyorgarlik va ishonchli o‘yinni namoyish etgan turnir g‘oliblari hamda sovrindorlari aniqlandi. Shu bilan birga, Kapitalbank Chess nafaqat intellektual musobaqa, balki bankning turli bo‘linma xodimlari o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash uchun o‘ziga xos maydonga ham aylandi.

Foto: Kapitalbank