Yangiliklar

Dollar tushdi: 25-may uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

22-may kuni 54,96 so‘mga tushib, 12 021,22 so‘mni tashkil etgan edi
Dollar tushdi: 22-may uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
Foto: Depositphotos

25-may uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 41,58 so‘mga tushib, 11 979,64 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

15-may kuni yana 98,06 so‘mga tushib, 11 975,36 so‘mni tashkil qildi. 18-may kuni esa 10,94 so‘mga oshib, 11 986,30 so‘mga, 19-may kuni 32,97 so‘mga oshib, 12 019,27 so‘mga, 20-may kuni 36,54 so‘mga oshib, 12 055,81 so‘mga, 21-may kuni esa 20,37 so‘mga oshib, 12 076,18 so‘mga yetdi. 22-may kuni 54,96 so‘mga tushib, 12 021,22 so‘mni tashkil etdi.

Grafik: SI

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 77,1 so‘mga tushib, 13 901,17 so‘mni, rubl esa 2,01 so‘mga oshib, 167,52 so‘mni tashkil qildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan dollar hafta davomida 162 so‘mga oshgani haqida yozgandi