Yangiliklar

Kongoda Ebola vahimasi: olomon shifoxona chodirlariga o‘t qo‘ydi

Voqea Ebola epidemiyasining markazlaridan biri hisoblangan hududda yuz bergan
Kongoda Ebola vahimasi: olomon shifoxona chodirlariga o‘t qo‘ydi
Foto: Reuters

Kongo Demokratik Respublikasining sharqida joylashgan Rvampara umumiy shifoxonasida olomon Ebola vahimasi sabab shifoxona chodirlariga o‘t qo‘ydi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Ular Ebola qurboni bo‘lgani taxmin qilingan yigitning jasadini olib ketishga uringan. Bunga ruxsat berilmagach, odamlar shifoxona hududidagi izolyatsiya chodirlarini yoqqani aytilmoqda. Voqea jiddiylashgan. Olomon shifoxonaga tosh va boshqa buyumlar ota boshlagan. Keyin esa izolyatsiya bo‘limi sifatida ishlatilayotgan chodirlarni yoqib yuborgan. Tartibsizlik vaqtida politsiya olomonni tarqatish uchun ogohlantiruvchi o‘q uzgan.

Foto: BBC

Voqea Ebola epidemiyasining markazlaridan biri hisoblangan hududda yuz berdi. Rvampara shifoxonasida tibbiyot xodimlari harbiy himoyaga olindi. Huquq-tartibot organlari vaziyatni nazoratga olish uchun hududga kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekistonning Jahon chempionatidagi raqibi Ebola tufayli mashg‘ulotlarini bekor qilgani haqida yozgan edi.