
Shavkat Mirziyoyev 22-may kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbatda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar turli darajadagi aloqalar faol davom etayotganini qayd etdi. Parlamentlararo, ishbilarmonlik va madaniy-gumanitar almashinuvlar rivojlanmoqda. Yil boshidan buyon ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash 23 foizga oshgan.
Sanoat, energetika, transport va boshqa sohalarda yirik qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, yetakchilar bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgandi. chrashuvda davlat boshqaruvi, sun’iy intellekt, yoshlar siyosati va kitobxonlik yo‘nalishlaridagi hamkorlik muhokama qilindi.