Yangiliklar

TDT sudyalar odobining umumiy prinsiplari bo‘yicha hujjat imzolaydi

Prezident Turkiy davlatlar tashkilotining xalqaro maydondagi o‘rni va nufuzi ortib borayotganini qayd etgan
TDT A’zo davlatlarda Sudyalar odobining umumiy prinsiplari to‘g‘risidagi o‘zaro anglashuv memorandumi imzolaydi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Samarqandda o‘tayotgan Turkiy davlat tashkiloti (TDT) Sudyalar kengashlari rahbarlarining yig‘ilishida A’zo davlatlarda Sudyalar odobining umumiy prinsiplari to‘g‘risidagi o‘zaro anglashuv memorandumi imzolanadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning murojaatida ma’lum qilindi.

Davlat rahbari forum Amir Temur saltanatining poytaxtida, Sohibqiron tavalludining 690-yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlanayotgan davrda o‘tayotgani tadbirga alohida shukuh bag‘ishlashini ta’kidladi.

Prezident Turkiy davlatlar tashkilotining xalqaro maydondagi o‘rni va nufuzi ortib borayotganini qayd etdi. Uning aytishicha, tashkilot bugungi kunda turkiy birlik va taraqqiyot yo‘lida muhim rol o‘ynamoqda. Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti faoliyatida qonun ustuvorligini ta’minlash, samarali boshqaruv va inson huquqlarini himoya qilish masalalari alohida o‘rin tutishini bildirdi.

«Turkiy davlatlar tashkiloti faoliyatida qonun ustuvorligini ta’minlash, samarali boshqaruv va inson huquqlarini himoya qilish masalalari alohida o‘rin tutadi. Ayniqsa, dunyoning geosiyosiy xaritasida tub o‘zgarishlar yuz berayotgan, qarama-qarshiliklar ko‘lami, nizolar kuchayib borayotgan hozirgi murakkab vaziyatda ana shu masalalarni birgalikda muhokama qilish va bu borada samarali yechimlar topish dolzarb ahamiyatga egadir», – deya ta’kidlagan Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, «Kursiv» Mirziyoyev TDT sammitida 2027-yilni «Tabiatni asrash yili» deb nomlashni taklif qilgani haqida yozgan edi.