Kino va seriallar

«Uzoq shahar»: 63-qism bilan serialning 2-mavsumi yakunlanadi

Dushanba kuni
«Uzoq shahar»: 62-qismda Jihan Alyaga yana turmush qurishni taklif qiladi
Foto: Kanal D

«Uzoq shahar» («Uzak Şehir») 2-faslni 63-qism bilan yakunlaydi. Bayramda serialning yangi qismi efirga uzatilishi hali aniq emas, deya xabar bermoqda «Birsen Altuntas» nashri.

Kanal D telekanalida har dushanba namoyish etilayotgan «Uzoq shahar» («Uzak Şehir»)  serialining 62-final qismi dramatik voqealar va kutilmagan burilishlarga boy bo‘ldi.

Qism boshida Kadir va Pakizening unashtiruv marosimi Feyyazning rejasi sabab dahshatli voqeaga aylanadi. Og‘ir ahvolda qolgan Pakize uchun hamma xavotirga tushadi, Kadir esa ich-ichidan qasos olishga qasam ichadi.

ETi Browni | Uzak Şehir 62. Bölüm Fragmanı | "Bana bir şey olmayacak!" @kanald

Bu orada Zerrin qizi Shimal bilan uydan ketmoqchi bo‘ladi. Ammo Kaya bunga yo‘l qo‘ymaydi va hatto Ipekka uylanishini aytadi. Shimal masalasidagi mojaro oiladagi keskinlikni yanada kuchaytiradi. Nare esa farzandi bilan bog‘liq voqealar sabab Shahindan yanada uzoqlashadi.

ETi Browni | Uzak Şehir 62. Bölüm 2. Fragman | «Ben senden vazgeçmem!» @kanald

Sadakatning harakatlaridan shubhalangan Alya bu haqdagi fikrlarini Jihan bilan bo‘lishadi. Jihan esa Alyani tinchlantirishga urinadi va ilk bor o‘z orzulari haqida ochiq gapiradi. U Albora maydonida katta to‘y qilishini aytib, Alyadan «ha» javobini olishni xohlashini bildiradi.

Uzak Şehir I 62. Bölüm 3. Fragman  | «Çok az kaldı! Albora Köyü'nün meydanında düğün yapacağım.»

Qism davomida Jihan yana bir necha xavfli rejalarni amalga oshiradi. U Feyyazni qo‘lga oldiradi, keyin esa Boranni topib, uni himoya qilish evaziga kichik Denizning vasiyligini Alyaga berishga ko‘ndiradi. Shu tariqa Jihan vaziyatni o‘z foydasiga burishga muvaffaq bo‘ladi.

Final sahnasida esa Alya Jihan yo‘qolgan deb o‘ylab, vahimaga tushadi. U kelgan xabar ortidan ko‘rsatilgan manzilga boradi va u yerda hayotidagi eng katta syurprizga duch keladi. Denizning vasiyligini qo‘lga kiritgan Jihan Alyaga turmush qurishni taklif qiladi. Aynan shu sahna 62-qismning eng muhokama qilingan voqeasiga aylandi.

Cihan, Alya'ya evlilik teklifi etti! | Uzak Şehir 62. Bölüm @kanald

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Yerosti»: qasos, sevgi va jinoyat olami haqidagi turk serialining 1-mavsumi haqida ma’lumot berilgandi.