Sport

«Oq bo‘rilar» ruhi: UzAirways ilk bor samolyotini terma jamoa ramzlari bilan bezadi

Foto: Diyorbek Parpiyev / Kursiv Uzbekistan

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi o‘z tarixida ilk bor havo kemasini maxsus livreyada (tashqi ko‘rinishda) namoyish etdi. Boeing 787 Dreamliner 2026-yilgi Jahon chempionatida debyut qiladigan milliy futbol terma jamoamiz ramzlari bilan bezatildi.

Foto: Diyorbek Parpiyev / Kursiv Uzbekistan

Ta’kidlanishicha, samolyotga maxsus tasvirlarni tushirish shunchaki ijodiy jarayon emas, balki xalqaro aviatsiya standartlari va xavfsizlik qoidalariga asoslangan murakkab texnik bosqichdir.

Go Uzbekistan: fyuzelyajning old qismidagi «Go» so‘zi kompaniya nomi bilan qo‘shilib, milliy jamoani olg‘a undovchi shiorni hosil qilgan. Laynerning orqa qismidan «Olg‘a, O‘zbekiston!» yozuvi joy olgan bo‘lsa, dvigatel qismlarida «UZB 2026» va «Oq bo‘rilar» yozuvlari tushirilgan.

Foto: Diyorbek Parpiyev / Kursiv Uzbekistan
Foto: Diyorbek Parpiyev / Kursiv Uzbekistan

Ushbu «Orzu layneri» yakshanba tongida o‘zining ilk parvozini Toshkent – Nyu-York yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning tarixiy natija ko‘rsatgan futbolchilarimiz bilan uchrashgani haqida yozgan edi. O‘shanda Prezidentimiz xalqimiz nomidan jamoaga oq fotiha berib, ularni katta mundialga kuzatgan edi.